Foto: Getty Images
O‘rikning foydasi haqida ma’lumotlar va ushbu meva qo‘shib tayyorlanadigan shirinlik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.
Salomatlik uchun foydali ekaniga qaramay, o‘rik me’yordan oshirib yuborish yaramaydigan vitamin, mikroelementlar va foydali kislotalarning koni sanaladi. Shakar miqdori bisyor ekani hisobiga esa qandli diabetdan aziyat chekadiganlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, ushbu mevaning kislotaga boy sharbati oshqozon-ichak traktida muammo kelib chiqishiga olib kelishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Kun davomida o‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz berishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Yurak va qon tomirlarini mustahkamlaydi
Barra o‘rik tarkibida kaliy banandagidan ko‘ra kamroq bo‘ladi. Quritilgan o‘rik va turshak esa ushbu mikroelementni o‘z ichiga olish bo‘yicha chempion hisoblanadi. Aynan shu sabab ham kardiologlar yozgi ratsionga ushbu mevaning quritilganini kiritishni tavsiya qiladi. Uning atigi 100-150 grammi yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olishi hamda qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishi mumkin.
Jigarni himoya qiladi
Turk olimlari tomonidan kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotda o‘rikni muntazam ravishda iste’mol qilish bilan steatoz, ya’ni jigarni yog‘ bosishi o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlagan. Bu bog‘liqlikning sababli parhezshunoslar jigarining salomatligi haqida qayg‘uradiganlarga o‘rikni iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Oksidlanish stressini kamaytiradi
C vitamini va tokoferolning koni ekani hisobiga yangi pishgan hamda quritilgan o‘riklar yaqqol antioksidantlik xususiyatiga ega hisoblanadi. Kosmetik vositalar ishlab chiqarilishida ushbu mahsulotdan tayyorlangan yog‘dan foydalanilishi esa buning isbotidir. Undagi antioksidantlar nafaqat teriga foyda beradi, balki organizm hujayralaridagi oksidlanish stressiga barham beradi.
Ozishga yordam beradi
Organizmdagi ortiqcha suvni bir zumda chiqarish va hazm jarayonini jadallashtirish xususiyatiga ega ekani sabab ham o‘rik parhezda bo‘lganlar uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi