10:36 / 08.10.2021
1 738

Shifokor ozishga xalaqit qiladigan eng katta xatoni aytdi

Shifokor ozishga xalaqit qiladigan eng katta xatoni aytdi
Foto: «News.myseldon.com»
Endokrinolog Zuxra Pavlova ozishni xohlayotganlarning vazn tashlashiga xalaqit beradigan asosiy xatoni ma’lum qildi. Bu haqda u Telegram kanalida yozib qodirgan.

Shifokor bemorlaridan biri — vazni 151 kilogramm bo‘lgan 52 yoshli ayol haqida gapirib berdi. Unga dori-darmonlar buyurilgan, to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘proq harakatlanish hamda uxlashga erta yotish tavsiya qilingan. Avvaliga bu o‘z natijasini bergan: dastlabki to‘rt oy ichida u 7,4 kilogramm yog‘ to‘qimasidan xalos bo‘lgan.

Shundan so‘ng, ayol ertalab suvda pishirilgan bo‘tqaga sariyog‘ qo‘shib iste’mol qila boshlagan. Bu yog‘ to‘qimalari o‘sishi tiklanishiga va besh kilogramm mushak massasi yo‘qolishiga olib kelgan. Buning sababi, Zuxraning aytishicha, nonushtasida oqsil umuman yetishmagan. Bu esa dorilar, diyeta va jismoniy mashqlar ta’sirini yo‘qqa chiqaradi.

Esingizda bo‘lsin: har safar ovqatlanganda oqsil iste’mol qilish darkor! Agar tuxumni xohlamasangiz, tvorog, tvorogni xohlamasangiz, bir bo‘lak qaynatilgan tovuq iste’mol qiling. Ularga qo‘shimcha ravishda ozroq bo‘tqa yesangiz bo‘ladi: to‘rt yoki besh qoshiq kifoya. Bo‘tqa o‘rniga non yeyish mumkin. Umuman olganda, bo‘tqa vazn yo‘qotish uchun emas, balki semirish kerak bo‘lganda ham ideal taomdir. Nonushta esa mutlaqo mukammal bo‘lishi uchun o‘simlik kletchatkasini qo‘shish kerak: bodring, pomidor, bir hovuch ismaloq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor ozishga xalaqit qiladigan eng katta xatoni aytdi