Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita

2 daqiqa o'qish5.7K
Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Oshxonadan topish mumkin bo‘lgan quyidagi 5 mahsulot shamollaganda yoki tomoq og‘riganda dardingizni haqiqatan ham yengillashtiradi.

Asal
Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Foto: Legion-Media
Bolalikdan hammaga tanish bo‘lgan vosita haqiqatan ham shamollash alomatlarini yo‘qotishga yordam beradi. Tabiiy asal kuchli antibakterial ta’sirga ega: u immunitet tizimini mukammal darajada mustahkamlaydi va yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi. Bundan tashqari, asal antioksidantlar — fenolik kislotalar va flavonoidlarning manbasi hisoblanadi. Ular hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan ishonchli himoya qiladi, teri holatini yaxshilaydi va qarishning oldini oladi. Choy yoki qahva ichganingizda bir qoshiq asal iste’mol qiling. Asosiysi, asalni issiq suyuqlikda eritib yubormaslikdir: yuqori harorat ta’sirida u foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va qo‘shimcha uglevodlarga aylanadi.

Tuz
Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Foto: Legion-Media
Tomoq og‘riganda sho‘r suv bilan chayish yaxshi yordam beradi. Tuz bakteriyalarni o‘ldiradigan va yallig‘lanish bilan faol kurashadigan antiseptik hisoblanadi. Bir stakan qaynoq suvga bir choy qoshiq tuzni eritib, suv iliguncha kuting. Eritma bilan iloji boricha tez-tez chaying (iloji bo‘lsa kuniga 6 martagacha). Natija uzoq kuttirmaydi: bir necha kundan keyin ahvolingiz yaxshilanganini sezasiz.

Limon sharbati
Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Foto: Legion-Media
Yana bir ajoyib antibakterial vosita bu — tabiiy limon sharbati. U vitamin C va tabiiy meva kislotalariga boy bo‘lib, immunitet tizimini mustahkamlaydi va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni o‘ldiradi. Bir stakan iliq suvga yangi siqilgan yarimta limon sharbatini qo‘shing va kuniga bir necha marta tomog‘ingizni chaying.

Ichimlik sodasi
Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Foto: Legion-Media
Tomoqni chayqash uchun yana bir shifobaxsh ingrediyent. Ta’mi yoqimli emas-u, lekin ko‘plab dorilar ushbu vositaning samaradorligi oldida ip esholmaydi. Soda ham xuddi tuz kabi yallig‘lanish va bakteriyalar bilan kurashishga yordam beradigan kuchli tabiiy antiseptikdir. Agarda tuz va sodani aralashtirib tomoqni chaysangiz, davolash ikki baravar samarali bo‘ladi.

Hilba urug‘lari
Tomoq og‘rig‘ida foyda beruvchi 5 ta tabiiy vosita
Foto: Legion-Media
Hilba urug‘lari eng kuchli tabiiy antiseptiklardan biridir. Ular og‘riqni yengillashtiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi. Hilbadan shifobaxsh bulon tayyorlash mumkin. Buning uchun bir litr sovuq suv va 3 osh qoshiq urug‘ kerak bo‘ladi. Urug‘larni 4-5 soatga ivitib, 10-15 daqiqa davomida qaynating. Uni ichish yoki tomoqni chayish mumkin. Bunday bulon nafaqat shamollashga qarshi yordam beradi, balki ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?