07:30 / 14.12.2021
2 638

Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun voz kechish tavsiya qilinadigan 6 odat

Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun voz kechish tavsiya qilinadigan 6 odat
Foto: «Domashniy ochag»
Qondagi «yomon» xolesterin miqdorini orttirib, salomatlik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan odatlar haqida «Domashniy ochag» jurnali ma’lumot berib o‘tadi.

Uglevodga boy mahsulotlarni iste’mol qilish va qondagi qand miqdorini nazorat qilmaslik
Qondagi qand miqdorining yuqori bo‘lishi nafaqat qandli diabet, balki xolesterin xavfini ham ko‘paytiradi.

Kletchatkaga boy mahsulotlarni yetarlicha iste’mol qilmaslik
Metabolizmni jadallashtirib, ichaklar salomatligini ta’minlashdan tashqari kletchatka «yomon» xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Barra sabzavotlar, dukkakli mahsulotlar, yong‘oqlar va mevalar kletchatkaning koni sanaladi.

Tartibli ovqatlaning
Ortiqcha vazn xolesterin miqdorini oshiruvchi omillardan biri sanaladi. Shu sabab ham ovqatlanish borasida me’yorni bilishga harakat qiling. Kam-kamdan, kichkina idishda ovqatlaning.

Chekish
Chekishni kanda qilmaslik «yomon» xolesterinni ko‘paytirib, yurak ishemik kasalliklari xavfini orttiradi. Salomat bo‘lishni istasangiz, tamaki mahsulotlaridan uzoq turish tavsiya qilinadi.

Kam uxlash
Uyquning yetarli bo‘lmasligi infarkt va insult xavfining ortishiga ortiqcha vazn va chekishdan kam ta’sir qilmaydi. Agar uyqu bilan bog‘liq muammo muntazam ravishda kuzatiladigan bo‘lsa, hech qanday sog‘lom ovqatlanish sizga yordam bera olmasligi mumkin. Shu sabab ham shifokorlar kun davomida 6 soatdan kam uxlamaslikni tavsiya qiladi. 8 soat uxlasangiz, yana yaxshi. Bu qondagi xolesterin miqdorining me’yorda bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi.

Ko‘p asabiylashish
Healthline portalida uzoq vaqt davomida asabiylashish qondagi xolesterin miqdorini oshirishi mumkinligi yozilgan. Stress organizmda turli muammolar kelib chiqishi, xususan, «yomon» xolesterin ko‘payishiga hissa qo‘shadi. Meditatsiya, yoga, jismoniy faollik va do‘stlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish stressni nazorat ostida bo‘lishi va salomatlikning yaxshilanishiga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun voz kechish tavsiya qilinadigan 6 odat