20:13 / 30.12.2021
1 638

Uglevodlarni iste’mol qilgan holda semirmaslikka yordam beradigan tavsiyalar

Uglevodlarni iste’mol qilgan holda semirmaslikka yordam beradigan tavsiyalar
Foto: «Domashniy ochag»
Vazn tashlash uchun uglevodlardan tiyilish kerakligi haqiqat. Ammo undan butkul voz kechish ham yaramaydi, gap shundaki aynan uglevodlar organizmni energiya bilan ta’minlaydi.

«Yomon» uglevoddan voz keching
Pitssa, kartoshka fri va boshqa shirinliklarni yaxshi ko‘radigan bo‘lsangiz, yengil uglevodlardan birdaniga voz kechish tavsiya qilinadi. Gap shundaki, bundan keyingi stress alal-oqibat irodasizlik qilishga olib kelishi mumkin. Buning o‘rniga bir yegulikdan butunlay voz kechganingiz yaxshi.

Barra sabzavot va mevalar iste’mol qiling
Oddiy uglevodlarga boy meva va sabzavotlar organizmni kerakli moddalar bilan ta’minlash xususiyatga ega. Shuningdek, ushbu mahsulotlarda uzoq vaqt to‘q tutadigan kletchatkalar ham bisyor.

Ratsionda uglevodlar 10 foiz bo‘lsin
Parhezshunoslarning ma’lum qilishicha, ratsiondan 90 foiz foydali, sog‘lom mahsulotlar o‘rin oladigan bo‘lsa, qomat bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Ovqatdan avval bir stakan suv iching
Oddiy, ammo foydali tavsiya: uglevodga boy taom iste’mol qilishdan avval bir stakan suv ichishni kanda qilmang. Oshqozonning ma’lum qismi bandligi hisobiga odam ortiqcha ovqatlanib yubormaydi.

«To‘g‘ri» uglevodlarni iste’mol qiling
Uglevodlar hamma vaqt ham zararli emas, ulardan ayrimlari ozishga yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uglevodlarni iste’mol qilgan holda semirmaslikka yordam beradigan tavsiyalar