20:46 / 30.12.2021
2 393

Mandarinlarning foydasi va zarari haqida diyetolog fikri

Mandarinlarning foydasi va zarari haqida diyetolog fikri
Diyetolog va nutritsiolog Nadejda Sapkina RIA Novosti agentligiga mandarinning zarari va foydasi haqida so‘zlab berdi.
Ushbu sitrus meva kalsiy, magniy, kaliy, D, K va B vitaminlari manbai. Unda ko‘plab kletchatka bor – u oshqozon-ichak traktining me’yorlashishiga yordam beradi. Bundan tashqari, meva immunitet tizimini mustahkamlovchi S vitaminiga ham boy.

Sitrus mevalari fitonsidlar va efir moylari bilan birgalikda viruslarga qarshi kurashda yordam beradi. Bioflavonoidlar va antioksidant beta-karotin mavjudligi saraton kasalligining paydo bo‘lishini oldini oladi”, - dedi Nadejda Sapkina.

Biroq, shifokor tez-tez mandarin iste’mol qilish jigar bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligini ham ta’kidladi. Kuniga 40 grammdan ortiq fruktoza iste’mol qilish mumkin emas. Bir kunda atigi to‘rt-beshta mandarin iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Parhezshunos sitrus mevalari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan allergik ta’siri haqida ham eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, gastrit bilan og‘riganlar uchun mandarin miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Mandarin sharbati oshqozon va ichakning shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mandarinlarning foydasi va zarari haqida diyetolog fikri