08:30 / 08.01.2022
1 441

Saraton kasalligiga qarshi noyob mahsulot ma’lum bo‘ldi

Saraton kasalligiga qarshi noyob mahsulot ma’lum bo‘ldi
Cancer Research tadqiqotchilik fondi shifokorlari saraton kasalligini oldini olish va paydo bo‘lgan saratonni davolash uchun ratsionga qaysi mahsulotni kiritish kerakligini ma’lum qildi. Bu haqida Daily Express gazetasi xabar qildi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, zarcho‘va (yoki sariq zanjabil, oziq-ovqat tayyorlashda ziravor sifatida ishlatiladi, bundan tashqari, sariq rang olishda xomashyo hisoblanadi) mavjud bo‘lgan saraton o‘simtalariga faol qarshi ta’sir ko‘rsatib, tarkibida yuqori konsentratsiyali andioksidantlar, xususan, kurkumin tufayli o‘simtalar rivojlanishini oldini oladi.

Mamlakat aholisining kunlik ratsioni o‘rganilganda, zarcho‘vadan foydalaniladigan an’anaviy taomlarni iste’mol qiladigan insonlarda saraton bilan kasallanish juda kam ko‘rsatkichda bo‘lgan.

Shuningdek, olimlar adenid kista karsinoma- asosan so‘lak bezlari, bosh yoki bo‘yinning boshqa joylarida sezilarli darajada rivojlanadigan saraton kasalligining nisbatan noyob turi bilan og‘rigan bemorlarda tajriba qilib ko‘rishdi. Davolanish kurslariga zarcho‘va qo‘shimcha qilingan. “Ikki oydan so‘ng holatning barqarorlashgani, olti oydan so‘ng esa o‘simta jahmi va vazni 80% ga kamaygani kuzatildi”, deydi tadqiqotchilar.

Shuningdek, ularning ta’kidlashicha, zarcho‘vadagi yuqori konsentratsiyali antioksidantlar yurak kasalligi bilan og‘rigan insonlarda xolesterin miqdorini kamaytirishga hamda ko‘z gavharining xira tortishi (katarakta), ko‘z ichki bosimining zo‘rayishi (glaukoma), makula degenaritsiyasi kabi kasalliklar kelib chiqishi xavfini kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saraton kasalligiga qarshi noyob mahsulot ma’lum bo‘ldi