Foto: «Domashniy ochag»
Qulaylik doim ham yaxshi natijalarga sabab bo‘lmaydi. Ayrim holatlarda qog‘oz salfetkalar nafaqat foydasiz, balki vaziyatni yanada yomonlashtirishi ham mumkin. «Domashniy ochag» nashri qog‘oz salfetka bilan tozalash tavsiya etilmaydigan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Taxtakach
Taxtakachda go‘sht, sabzavot yoki mevalardan qolgan suvni qog‘oz salfetka bilan tozalashga urinmang. Chunki salfetka barcha suyuqlikni o‘ziga singdira olmaydi, lekin uning o‘zi tezda suvda ivib ketadi.
Yog‘och mebel
Tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan mebellar naqshli yoki silliq yuzaga ega. Uni na quruq, na ho‘l salfetka bilan tozalab bo‘lmaydi. Salfetka tolalari mebel bezaklari orasiga tiqilib qolishi mumkin va ular jihozni tozalash o‘rniga muammoni ko‘paytiradi.
Elektron qurilmalar
Qog‘oz salfetkalar smartfon, noutbuk ekrani va televizorni tozalash uchun mutlaqo mos emas. Tashqi yumshoqlikka qaramay, salfetka gadjetlar yuzasida mikroyoriqlar qoldirishi mumkin.
Ko‘zoynak
Ko‘zoynak linzalari tashqi ta’sirlarga ham sezgir. Ularni qog‘oz salfetka bilan artib, nafaqat sirtga zarar yetkazish, balki to‘plangan changni ham qoldirish mumkin. Bu esa ko‘rishga xalaqit beradi.
Gilam
Tasodifan gilamga suyuqlik to‘kilganmi? Uni salfetka yordamida tozalab bo‘lmaydi. Salfetka namlikni biroz shimib olgach, o‘zi mayda mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi va vaziyatni yanada chigallashtiradi. Buning o‘rniga, toza mato yoki gubkadan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘zgu va derazalar
Qog‘oz salfetka bilan oynani tozalash barcha ishlarni bekor qilish bilan barobar. Salfetka bilan artilgan deraza kutilganidek natija bermaydi. Jilo uchun mikrofibra matolar yoki oddiy gazetalar ko‘proq mos keladi.
Avtomobil saloni
Hech qachon asboblar panelini va avtomobil salonining boshqa qismlarini qog‘oz salfetka bilan artib bo‘lmaydi. Ular chang va kirni tozalash xususiyatiga ega emas.
Qora kiyim
Qora kiyimga suv to‘kilganda qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydi. Bu juda yomon fikr. Oq tolalar, albatta, mato ustida qoladi va faqat vaziyatni yomonlashtiradi. Eng yomoni, ularni matodan olib tashlash deyarli mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar