22:12 / 07.05.2022
1 139

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari mart oyida 26,6 foizga pasaydi

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari mart oyida 26,6 foizga pasaydi
O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yilning yanvar—fevral oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,1 foizga o‘sgan.

Fevral oyi oxirida esa yuzaga kelgan tashqi geosiyosiy vaziyat, Rossiya iqtisodiyotiga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar, rubl almashuv kursining keskin tebranishi natijasida mart oyida 2021 yilning mos oyiga nisbatan 26,6 foizga pasaydi. Bu haqda Markaziy bankning «Pul-kredit siyosati sharhi»dan ma’lum bo‘ldi.

2022 yilning ilk choragida mamlakatga jami 1,5 mlrd dollarlik transchegaraviy pul o‘tkazmalari kirib kelib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 3,4 foizga yuqori bo‘ldi hamda aholining iste’mol va investitsion faolligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning real o‘sishi 26,3 foizni tashkil etdi. Bunda markazlashgan investitsiyalar (jami investitsiyalardagi ulushi 6,9 foiz) hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,5 foizga kamaygan.

Markazlashmagan investitsiyalar hajmi 33,6 foizga o‘sdi hamda yuqori iqtisodiy va investitsion faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ldi.

Bunda, korxonalar mablag‘lari hisobidan kiritilgan investitsiyalar hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 30,1 foizga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 68 foizga, bank kreditlari hisobidan kiritilgan investitsiyalar 15,4 foizga o‘sdi.

Joriy yilning birinchi choragida aholi daromadlari real hisobda 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga o‘sdi.

Ushbu davrda respublika bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha ish haqi esa 2021 yilning I choragiga nisbatan 19,1 foizga o‘sib, 3,4 mln so‘mni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari mart oyida 26,6 foizga pasaydi