11:03 / 19.08.2022
972

Mirziyoyev Saudiya kompaniyalarini yangi loyihalarni ishlab chiqishga chaqirdi

Mirziyoyev Saudiya kompaniyalarini yangi loyihalarni ishlab chiqishga chaqirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya kompaniyalarini yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yanada yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Saudiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistondagi yirik banklar, sanoat va infratuzilma ob’ektlarini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishga taklif etildi. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun eng istiqbolli sohalar sifatida “yashil” energetika va “yashil” iqtisodiyot ko‘rsatib o‘tildi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston shamol elektr stansiyalarini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, muqobil energetikani rivojlantirish, sanoatda raqamlashtirishni chuqurlashtirish va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish borasida faol hamkorlikka tayyor ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, mamlakat raqamli iqtisodiyot, bio va nanotexnologiyalar, dasturiy ta’minot, innovatsiyalar va sun’iy intellekt sohalarida sheriklikni kengaytirishdan manfaatdorligi qayd etildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va turizm loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish taklif qilindi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda Saudiya taraqqiyot fondi ishtirokida suv va elektr ta’minoti borasidagi infratuzilmaviy loyihalarni takomillashtirish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida mutasaddilarga ta’sirchan mexanizmlar va aniq ijro muddatlari ko‘rsatilgan kompleks “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi. Shu orqali tashrif doirasida erishilgan barcha kelishuvlar ijrosi uchun tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladilar.

Tadbirda investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih hamda podshohlikning "ACWA Power", "SABIC", "Saudi National Bank", "Al Rajhi Capital", "Ma'aden", "Petromin" "Jamjoom Pharma", "SEDCO", "Salic", "Albawani", "Ajlan & Bros", "Desert Technologies" kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mirziyoyev Saudiya kompaniyalarini yangi loyihalarni ishlab chiqishga chaqirdi