17:50 / 19.11.2022
1 208

Airbus aviakompaniyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga investitsiya kiritish haqida gapirdi

Airbus aviakompaniyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga investitsiya kiritish haqida gapirdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida 18—19 noyabr kunlari O‘zbekiston—Fransiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida Airbus kompaniyasi vitse-prezidenti Vuter Van Versh O‘zbekistonga investitsiya kiritish sharoitlari haqida gapirdi.

«Bizning elita samolyotlarimiz O‘zbekiston osmonida uchmoqda. Hamkorligimiz 1996 yilda boshlangan. Bugun loyihalarimiz muvaffaqiyatli amalga oshirilyapti. Biznesimizni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib, yangi loyihalarni gaplashib keldim. Biz uchun nafaqat samolyotlarni sotish, balki kadrlar tayyorlashga yordamlashish ham muhim. Transport institutida ham bo‘lib, almashinuv dasturlari haqida suhbatlashdim.

Umuman, O‘zbekistonda talantlar juda ko‘p. Bugungi biznes forumda ishtirok etganimdan xursandman. Bir necha kundan so‘ng Fransiyaga prezidentingiz tashrif buyuradi. Biz bu tashrifni katta qiziqish bilan kutyapmiz. Bu ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi
», — dedi u.

Shuningdek, Fransiya elektr energiyasi EDF kompaniyasi loyiha rahbari Korin Sandberg ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Fransiya energetika bozoridagi yetakchi bo‘lgan EDF kompaniyasidanman. Ko‘p yillardan beri O‘zbekiston bozorida ishlayapmiz.

So‘nggi yillarda bir necha loyihalarni amalga oshirdik. Hozir 163 megavatt quvvatga ega stansiya quryapmiz. Loyihani o‘tgan yili tenderda yutib oldik, tez orada qurilish ishlari boshlanadi va uni 2025 yilda foydalanishga topshiramiz
», — deydi Korin Sandberg.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Airbus aviakompaniyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga investitsiya kiritish haqida gapirdi
ePN