“Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Jumladan:
- yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
- pishloq va tvoroglar;
- yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
- yangi olma, nok va behi;
- bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;
- kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati 2023 yil 1 iyulga qadar tasdiqlangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar