15:41 / 22.05.2023
224

O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi oshiriladi

O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi oshiriladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
 
Hujjat bilan O‘zbekistonda 2023 yil 1 iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda. Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanyapti.
 
1 iyundan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:
  • vino — 14 400 so‘m va 16 400 so‘m (ilgari 12 000 so‘m va 14 200 so‘m);
  • konyak — 57 400 so‘m va 66 000 so‘m (ilgari 48 200 so‘m va 57 800 so‘m);
  • aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar — 37 000 so‘m va 43 000 so‘m (ilgari 30 200 so‘m va 36 200 so‘m) etib belgilanadi.
Aprel boshlarida O‘zbekiston Gruziya bilan alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha klasterlar yaratish yuzasidan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022 yil dekabrda esa “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida ma’qullangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi oshiriladi