Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizdan 13,5 foizga o‘zgartirdi. Bu esa 7 yildan so‘ng asosiy stavkaning birinchi marta 14 foizdan pastroq tushishi hisoblanadi. 25 iyul kungi matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov asosiy stavka pasaytirilishining ta’sir ko‘lami haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Asosiy stavkaning 0,5 foizga pasaytirilishi qayerda aks etadi desak, birinchi navbatda asosiy stavka bilan bog‘liq, o‘zgaruvchan foizlarda ajratilgan kreditlarga ta’sir qiladi. Bu bevosita ta’lim krediti, imtiyozli ipoteka krediti, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha asosiy stavkaga bog‘lab ajratilgan kreditlarda o‘z aksini topadi.
Ikkinchi juda ta’sirini tez ko‘radigan jarayonimiz bu – Markaziy bank bilan bo‘ladigan pul bozoridagi operatsiyalar bilan bog‘liq. Bizning repo, overnight operatsiyalarimiz, depozit operatsiyalarimizda bu albatta o‘z aksini topadi. Endi bevosita pul bozoriga keng ma’nodagi ta’siri, jahon tajribasida ham shu narsa bor, II chorakdan VI chorakkacha cho‘zilishi mumkin. Ya’ni bozor stavkalarida belgilangan kreditlar bo‘yicha. Yana bir narsani aytaman, kredit foizini asosiy stavkaga bevosita bog‘lab qo‘yish birmuncha noto‘g‘ri. Chunki har bir qarz oluvchi bilan bank o‘rtasidagi munosabatlar qarz oluvchining layoqatliligi darajasidan kelib chiqib belgilanadigan jarayon», dedi MB raisi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”