23:05 / 10.03.2015
7 189

Procter & Gamble kompaniyasi Xitoyda 1 mln dollarlik jarimaga tortildi

Procter & Gamble kompaniyasi Xitoyda 1 mln dollarlik jarimaga tortildi

Xitoyda maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Procter & Gamble kompaniyasi mamlakat uchun rekord miqdordagi– 6,03 mln yuanlik (1 mln dollar) jarimaga tortildi, deb xabar berdi MarketWatch nashri.

Bunga kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan Crest tish pastasining reklamasi sabab bo‘lgan. Reklamada ta’kidlanishicha, tishlar tish pastasidan foydalanishning birinchi kunidanoq oqarishni boshlaydi. Tekshirishlar natijasida reklama videoroligida oqartirish effektini namoyish qilish uchun kompyuter grafikasidan foydalanilgani aniqlandi.

Procter & Gamble kompaniyasining Xitoydagi bo‘limi – Crest China matbuot xizmatining ta’kidlashicha, reklamaning namoyishi 2014 yilning o‘rtalarida to‘xtatib qo‘yilgan, oqartirish effektiga esa tish pastasidan foydalangan holda tishlarni yuvish texnikasi to‘g‘ri amalga oshirilganda bir kundayoq erishish mumkin.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Procter & Gamble kompaniyasi Xitoyda 1 mln dollarlik jarimaga tortildi