Endi kompaniya bu erda QQS toʻlaydi. Toʻgʻrirogʻi, QQS ni xaridorlar toʻlaydi, chunki bu soliq tovarning yakuniy narxiga qoʻshiladi.
eBay bilan birga QQS idorasida yana 63 ta xorijiy internet-kompaniya roʻyxatdan oʻtgan, jumladan: Netflix, Amazon, Google, Apple, Zoom va boshqalar.
2024 yilning 9 oyi davomida ushbu kompaniyalar Oʻzbekistonda jami 850 milliard soʻm daromad olib, 102 milliard soʻm soliq toʻlashgan. Umuman olganda, ularning yillik oʻsishi oʻrtacha ikki barobarni tashkil qiladi.
Biroq, bu holat qanday boʻlishini vaqt koʻrsatadi, chunki elektron savdo kompaniyalariga Oʻzbekistonda yuridik shaxsga ega boʻlish majburiyati yuklandi. Hozircha eBay va Amazon da bunday yuridik shaxs mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar