
Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 28 oktyabrdagi savdolar vaqtida yangi anti-rekord o‘rnatdi: dollarning liraga nisbatan eng katta qiymati 3,1273 lirani tashkil qildi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
Nashrning aytishicha, dollar kursi birinchi marta 3,12 liradan oshgan. Biroq liraning qadrsizlanishi iyuldagidan kamroqdir. O‘shanda Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin dollar kursi bir necha kun ichida 7,5 foizga ko‘tarilib ketgan va bir dollar uchun 3,0965 lirani tashkil qilgan.
Financial Times tahlilchilari lira kursining zaiflashishini Turkiya markaziy banki 2016 yildagi in¬flya¬siya darajasi prognozini yillik 6,5 foizga oshirgani bilan bog‘lashmoqda.
Turkiya iqtisodiyotining etakchi sohalaridan biri bo‘lgan sayyohlik tarmog‘i ham oqsamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar