22:20 / 05.02.2025
123

Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
4 fevral kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatidagi oltin qazib olish mumkin boʻlgan 31 ta er uchastkasi boʻyicha auktsion savdolari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Auktsionlarda Nurota va Karmana tumanlarida joylashgan Navoiy, Nurota, Oqsoqolota, Sop, Shuxsoy konlaridagi er uchastkalari sotildi.

Er uchastkalari 26,3 mln soʻmdan 52,5 mln soʻmgacha boʻlgan oraliqdagi boshlangʻich narxlar asosida sotuvga qoʻyildi. Savdolar jarayonida talabgorlar raqobati tufayli narxlar keskin oshib, 31 ta uchastka jami 25,1 mlrd soʻmga sotildi. Bu – lotlarning umumiy boshlangʻich qiymatidan 23 barobarga koʻp.

Eng qimmat sotilgan uchastka Nurota tumanidagi Sop-10/24 uchastkasi boʻldi. 10 soatdan ortiq davom etgan savdo yakunida boshlangʻich narxdan 110 baravar koʻp – 3,6 mlrd soʻm taklif bilan “Xinlong Mining Drilling” kompaniyasi lotni yutib oldi.

Bu kompaniya ikkinchi eng qimmat oltin uchastkasiga aylangan Sop-14/24 uchastkasini 183 ta qadamdan keyin 1,9 mlrd soʻmga sotib oldi.

Umuman, kun davomida “Xinlong Mining Drilling” jami 9,1 mlrd soʻm evaziga 8 ta oltin maydonini oʻzlashtirish huquqini qoʻlga kiritdi.

Yana toʻrtta maydon “Neo Gold Mining” tomonidan 2,7 milliard soʻmga sotib olindi. “Zhonghuitong Mining Group” kompaniyasi 1,13 milliard soʻm taklif qilib, 4 ta maydonni qoʻlga kiritdi. Uchta maydon “Golden Diggers” tomonidan sotib olindi, kompaniya bu hududlar uchun 3,24 milliard soʻm toʻlagan.

“Ipotekaon”, “King of Gold Mining” MCHJ, Samnurgold” va “YVN Gold” ikkitadan lotni yutib oldi. “AAA Human”, “Golden SPV One”, “Kamron Mir Gold” va “Orom Medical Center” har biri bittadan lotga ega chiqdi.

Auktsionlar raqobatga boy tarzda oʻtdi. Masalan, Navoiy-1/24 loti 274 qadamdan, Sop 16/24 loti 260 qadamdan, Nurota-4/24 loti esa 212 qadamdan iborat boʻldi,

Gʻoliblar belgilangan joylardan oltin qazib olish huquqini qoʻlga kiritadi va amaldagi qonunchilikka muvofiq qidiruv ishlarini olib boradi. Investorlardan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish talab qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot