date

1-avgust oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

1-avgust oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 1-avgustdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 7800 so‘mga kamaygan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 6 878 000 so‘m.
10 gram - 13 755 000 so‘m.
20 gram - 27 511 000 so‘m.
50 gram - 68 777 000 so‘m.
100 gram - 137 553 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1-avgust oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi