O‘zbekistonda yetishtirilgan yangi uzilgan o‘rik, olxo‘ri va shaftoli, shuningdek, po‘sti olinmagan yong‘oq va bodom, endi Misrga eksport qilinishi mumkin.
Agentlik Misr tomoni bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borgan va mahsulotlar uchun fitosanitar ruxsatlar olgan. Maxsus fitosanitar nazoratdan o‘tgan mahsulotlar Misrga yo‘llanishdan oldin karantin talablariga muvofiq tekshiriladi va zararkunandalardan xolӣ ekanligi tasdiqlangandan so‘ng rasmiy fitosanitar ruxsatnoma olinishi belgilangan. Bu jarayon xalqaro talablarga muvofiq, har bir jo‘natmaga ISPM №7 va ISPM №12 standartlariga muvofiq fitosanitariya sertifikati berishni talab qiladi.
Misr uchun fitosanitar ruxsatlar olinishi O‘zbekistonga eksport geografiyasini kengaytirishga va Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga kirishga yo‘l ochadi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mavsumiy sotuv davrini uzaytirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, bu rivojlanish O‘zbekiston fermerlari va eksportyorlari uchun yangi biznes imkoniyatlarini taqdim etadi.
Ma’lumot o‘rnida, Misr – Afrika va Yaqin Sharqdagi eng yirik iste’mol bozorlaridan biridir. Bundan tashqari, Misr aholisi 110 milliondan ortiq kishidan iborat bo‘lib, har yili yuz minglab tonna yangi uzilgan mahsulotlarni import qiladi. Bugungi kunda, O‘zbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulotlar eksport qilinmoqda.
Bu yangi imkoniyat O‘zbekistonning agrar sektori uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatning tashqi savdosini yanada rivojlantirishga va qishloq xo‘jaligi sohasidagi raqobatdoshligini oshirishga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!