date

Xitoy dollarga qarshi yangi qurolini ishga solmoqda

Xitoy dollarga qarshi yangi qurolini ishga solmoqda

Xitoy o‘z valyutasi – yuanni xalqaro bozorlarda kengroq ishlatish uchun yangi reja ustida ishlamoqda. Mamlakat ilk bor yuanga bog‘langan “stablecoin”lardan(barqaror kriptovalyuta) foydalanishga ruxsat berishni ko‘rib chiqmoqda. Bu raqamli aktivlarga nisbatan Xitoyning avvalgi qat’iy siyosatidan keskin burilish hisoblanadi.

Bugungi kunda xalqaro savdoning katta qismi dollarda amalga oshiriladi. Agar yuan asosidagi stablecoin chiqsa, kompaniyalar va banklar dollardan ko‘ra bevosita yuan bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

Xitoy hukumati shu oy oxirida ushbu reja loyihasini ko‘rib chiqib, tasdiqlashi mumkin. Unda yuan asosidagi raqamli aktivlardan foydalanish bo‘yicha maqsadlar, qoidalar va xavfsizlik choralarini belgilash rejalashtirilgan.

Xitoy 2021-yilda kriptovalyuta savdosini taqiqlagan edi. Endi esa stablecoinlar(barqaror kriptovalyuta) yordamida yuan xalqaro moliya tizimida ko‘proq qo‘llanilishi mumkinligi aytilmoqda. Chunki dollar asosidagi stablecoinlar hozirda bozorda ustunlik qilmoqda va global moliyaviy oqimlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, yangi reja avvalo Gonkong va Shanxayda tezkor amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu hududlar yuan va raqamli valyutalar bilan xalqaro operatsiyalarni rivojlantirishda muhim markaz sifatida ko‘rilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, stablecoinlar yordamida yuan tezkor, arzon va chegarasiz to‘lov vositasiga aylanishi mumkin. Bu esa Xitoyning dollarga qaramlikni kamaytirish va o‘z valyutasini kuchliroq global valyutaga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy dollarga qarshi yangi qurolini ishga solmoqda