O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

2026 yilning birinchi yarmi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 48,31 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,82 mlrd dollarga ko‘p. Bu haqda Bankir telegram kanali xabar berdi.
Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 27 foizni tashkil qilgan. Qarz tarkibida tashqi majburiyatlar asosiy ulushga ega bo‘lib, uning 84 foizi yoki 40,71 mlrd dollari tashqi qarz hisobiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonning eng yirik kreditorlari orasida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki yetakchi o‘rinda turibdi. Jahon banki oldidagi qarz 9,12 mlrd dollarni, Osiyo taraqqiyot banki bo‘yicha esa 8,17 mlrd dollarni tashkil etgan.
Shu tariqa, davlat qarzining katta qismi xalqaro moliya institutlari va tashqi qarz manbalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.



























Izohlar 0
…