date

Xorijdan kelgan pul o‘tkazmalari 12 milliard dollardan oshib ketdi

Xorijdan kelgan pul o‘tkazmalari 12 milliard dollardan oshib ketdi

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida xorijdan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan pul o‘tkazmalari miqdori 12 milliard AQSH dollaridan ortiqni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 23 foizga ko‘pdir. Markaziy bank axborotiga ko‘ra, tushumlarning asosiy qismi Rossiyadan kelgan bo‘lsa-da, Yevropa va AQSHdan yo‘naltirilgan mablag‘larda ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda.

Mutasaddilarning qayd etishicha, yil boshidan buyon pul o‘tkazmalari hajmi mart oyidan boshlab barqaror o‘sish trayektoriyasiga kirgan. Xususan, iyul oyida o‘tkazmalar qariyb 2 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, avgust oyida ham 1,9 milliard dollardan oshdi. Shunga qaramay, o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan joriy yilda 19,9 foiz o‘sish qayd etilgan.

Shu bilan birga, aholi valyuta operatsiyalarida ham ijobiy balans kuzatildi. Yanvar–avgust davomida fuqarolar sotib olganiga nisbatan 5,6 milliard dollarga ko‘proq xorijiy valyutani sotishgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga oshgan bo‘lib, ichki valyuta bozorida talab va taklif muvozanatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, pul o‘tkazmalarining asosiy qismi Rossiyadan yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH va Buyuk Britaniyadan ham jonlanish kuzatilmoqda. Masalan, Boltiq davlatlaridan kelgan tushumlar 65,6 foizga, boshqa mintaqalardan esa 38,2 foizga ko‘paygan.

Yevropa mamlakatlaridan yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘tgan yilga nisbatan qariyb 26,9 foizga oshgan bo‘lsa, AQSHdan kelgan pul o‘tkazmalari 10,3 foizga o‘sgan. Rossiyadan yo‘naltirilgan mablag‘lar esa 23,7 foizga oshgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, Osiyodan yo‘naltirilgan mablag‘lar barqaror darajada qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xorijdan kelgan pul o‘tkazmalari 12 milliard dollardan oshib ketdi