Soliq qo‘mitasi P2P o‘tkazmalari nazorati bo‘yicha izoh berdi

1 daqiqa o'qish94
Soliq qo‘mitasi P2P o‘tkazmalari nazorati bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalari o‘rtasidagi yirik P2P o‘tkazmalarini nazorat qilish bo‘yicha qaror loyihasi yuzasidan Markaziy bank va jamoatchilik bildirgan fikrlarga munosabat bildirdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, banklar bilan ma’lumot almashinuvi faqat Soliq kodeksi va «Bank siri to‘g‘risida»gi qonun talablari doirasida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda soliqqa tortish maqsadida ayrim ma’lumotlarni taqdim etish tartibi nazarda tutilgani qayd etilgan.

Idora P2P o‘tkazmalarning o‘zi soliq obyekti hisoblanmasligini ta’kidladi. Ya’ni jismoniy shaxslar o‘rtasidagi oddiy pul o‘tkazmalari avtomatik ravishda soliqqa tortilmaydi.

Soliq qo‘mitasi ushbu tashabbus shaxsiy tranzaksiyalarni ommaviy kuzatishga qaratilmaganini bildirmoqda. Loyihadan maqsad banklar bilan o‘zaro ma’lumot almashishning aniq va shaffof mexanizmini yaratish ekani aytilgan.

Qo‘mitaga ko‘ra, taklif etilayotgan tartib xalqaro amaliyotga moslashtirilgan mexanizm sifatida ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, bank siri va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga rioya qilinishi alohida ta’kidlangan.

Loyiha bo‘yicha taklif va e’tirozlarni qabul qilish yakunlangan. Soliq qo‘mitasi yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin barcha bildirilgan fikrlar, jumladan, Markaziy bank dalillari ham o‘rganilishini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?