date

O‘zbekistonda necha tonna no‘xat hosili yetishirildi?

O‘zbekistonda necha tonna no‘xat hosili yetishirildi?

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida mamlakatimizda jami 33,4 ming tonna no‘xat hosili yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich barcha toifadagi qishloq xo‘jaligi subyektlarini qamrab oladi.

Mazkur miqdorning asosiy qismini fermer xo‘jaliklari yetishtirgan bo‘lib, ularning hissasiga 24 ming tonna to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 6,9 ming tonna, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan esa 2,5 ming tonna no‘xat yetishtirilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda dukkakli ekinlar, xususan no‘xat yetishtirish bo‘yicha barqaror o‘sish kuzatilayotganini anglatadi. Mutaxassislarning fikricha, no‘xat nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, balki eksport salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda necha tonna no‘xat hosili yetishirildi?