date

Qaysi hududlar uy-joy savdosi bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib oldi?

Qaysi hududlar uy-joy savdosi bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib oldi?

2025-yil oktabr oyida O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi bitimlari keskin o‘sdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma’lumotiga ko‘ra, oy davomida 27,1 mingta bitim tuzilgan bo‘lib, bu o‘tgan oyga nisbatan 12 foizga ko‘pdir. Bu holat 2023-yil avgustidan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich sifatida e’tirof etildi.

Eng katta o‘sish Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kuzatildi. Bu hududlarda uy-joy savdo bitimlari o‘rtacha 26 foizga oshgani qayd etilgan. Bozor faolligining bunday kuchayishi aholi orasida uy-joyga bo‘lgan talab oshayotganini anglatadi.

Ikkilamchi bozordagi narxlar ham biroz harakatlandi. Oktabrda 1 kvadrat metr uy-joy uchun o‘rtacha narx 2,4 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, sentabr oyida bu ko‘rsatkich atigi 0,6 foiz bo‘lgan edi.

Ijaraga berilayotgan uylar bozorida esa katta o‘zgarish kuzatilmadi. Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 1 kv.m uchun 8,5 AQSh dollari bo‘lib qoldi. Ammo o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan bu narx 1,6 foizga yuqorilagan.

Bozor raqamlari uy-joyga talab o‘sayotganini va narxlar bosqichma-bosqich ko‘tarilayotganini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qaysi hududlar uy-joy savdosi bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib oldi?