O‘zbekiston tashqi savdosi 10 oyda 66,5 mlrd dollarga yetdi
1 daqiqa o'qish484

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 66,5 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 11,8 milliard dollarga yoki 21,5 foizga ko‘pdir.
Ushbu davrda eksport hajmi 29 milliard dollarni tashkil etib, 27,8 foizga oshgan. Import esa 37,5 milliard dollar bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga ko‘paygan.
O‘zbekiston tashqi savdoda 210 ta davlat bilan hamkorlik qilgan. Eng katta ulush Xitoy (19,7%), Rossiya (15,9%), Qozog‘iston (5,9%), Turkiya (3,7%) va Koreya Respublikasi (2,2%) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

























Izohlar0
…