
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oktabr oyidagi O‘zbekiston uy-joy bozori bo‘yicha yangilangan tahlilni taqdim etdi. Hisobotga ko‘ra, oy davomida uy-joy oldi-sotdi bitimlari 12 foizga oshib, 27,1 mingga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2023 yil avgustidan beri qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi. Bozordagi faollik o‘sishi mutaxassislar tomonidan ijobiy o‘zgarish sifatida baholanmoqda.
Eng katta oylik o‘sish Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kuzatildi. Ushbu hududlarda bitimlar soni o‘rtacha 26 foizga ko‘paygan.
Oktabr oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar o‘sish sur’ati ham biroz tezlashdi. O‘rtacha kvadrat metr narxi bir oy ichida 2,4 foizga oshdi, sentyabrda esa bu ko‘rsatkich atigi 0,6 foiz edi.
Shu bilan birga, Toshkentda o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan oy darajasida saqlanib qoldi. Ayni paytda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijara haqlari 1,6 foizga oshgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.