date

Ilon Mask 800 milliard dollarga ega ilk shaxs bo‘ldi

Ilon Mask 800 milliard dollarga ega ilk shaxs bo‘ldi

Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik milliarder Ilon Mask insoniyat tarixida sof boyligi 800 milliard dollardan oshgan ilk shaxs bo‘ldi. Bugungi kunda Maskning real boyligi 852 milliard dollarga yetgan.

Ushbu rekord darajadagi o‘sishga SpaceX kompaniyasining xAI sun’iy intellekt kompaniyasini sotib olgani sabab bo‘lgan. Mazkur bitim natijasida Maskning sof boyligi bir zumda 84 milliard dollarga oshgan.

Bitimdan avval Mask SpaceX’ning 42 foiziga, xAI’ning esa 49 foiziga egalik qilgan. Kompaniyalar qo‘shilgach, SpaceX 1 trillion dollar, xAI esa 250 milliard dollar deb baholangan. Mask esa 542 milliard dollarlik birlashgan kompaniyaning 43 foizini saqlab qolgan.

Forbes ta’kidlashicha, hozirda SpaceX Ilon Maskning eng qimmatli aktiviga aylangan. Undan tashqari, u Tesla’ning 12 foizlik aksiyalari (178 mlrd $) va 124 milliard dollarlik aksiya opsionlariga ham egalik qiladi.

Boylik reytingida ikkinchi o‘rinda Google asoschilaridan biri Larri Peyj turibdi. Uning boyligi 281 milliard dollar deb baholanmoqda, bu esa Maskdan qariyb 570 milliard dollar kamdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ilon Mask 800 milliard dollarga ega ilk shaxs bo‘ldi