Andijon kiyim sanoatida rekord ko‘rsatkich qayd etdi

2025-yilda Andijon viloyatida 19,7 trillion so‘mlik kiyim-kechak mahsuloti ishlab chiqarilib, viloyat respublikada yetakchi bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha yirik korxonalar 43,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan va bu 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga ko‘p. Andijonning ushbu sohadagi ulushi umumiy ishlab chiqarish hajmining qariyb 46 foizini tashkil etdi. Erotiske
O‘zbekistonning yirik sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lgan kiyim-kechak ishlab chiqarishda Andijon viloyati 2025-yilda mutlaq yetakchilik qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab yirik korxonalar tomonidan 43,1 trillion so‘mlik kiyim-kechak mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga o‘sishni ko‘rsatmoqda. Mazkur sanoatning eng katta hissasi esa Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda — bu yerda 19,7 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlangan.
Viloyatlar kesimidagi ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
- Andijon viloyati — 19,7 trln so‘m
- Namangan viloyati — 3,9 trln so‘m
- Toshkent viloyati — 3,6 trln so‘m
- Toshkent shahri — 2,9 trln so‘m
- Farg‘ona viloyati — 2,8 trln so‘m
- Navoiy viloyati — 2,1 trln so‘m
- Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari — 1,8 trln so‘mdan
- Qolgan viloyatlar — 1 trilliondan kam hajmda
Ko‘rinib turibdiki, Andijon viloyatining bu sohadagi ulushi respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning qariyb 46 foizini tashkil qilmoqda. Bu esa viloyatning tikuvchilik va yengil sanoat borasidagi salohiyati, ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlarining yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi.



























Izohlar 0
…