Poliz bozorida qaysi viloyatlar birinchi o‘rinda?

Milliy statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 3,3 mln tonna poliz yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 16,2 foizga ko‘paygan.
Hududlar kesimida esa eng yuqori natija Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 430 634 tonna. Undan keyin Sirdaryo viloyati (417 796 tonna) va Surxondaryo viloyati (379 753 tonna) qayd etilgan.
Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (286 325 tonna) hamda Andijon viloyati (269 432 tonna) kelgan. Ya’ni polizda “birinchi eshelon” aniq: hosil ham, sur’at ham bor.
Bu raqamlar polizchilikda hududlar o‘rtasida raqobat kuchayganini, bozorda esa hajm ko‘payib, taklif kengayayotganini anglatadi. Qisqasi, poliz mavsumida “kim ko‘proq yetishtirdi?” savoliga javob tayyor — yetakchilik hozircha Jizzaxda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!