date

KFC O'zbekiston bozorida tarixiy natijani qayd etdi

KFC O'zbekiston bozorida tarixiy natijani qayd etdi

O'zbekiston umumiy ovqatlanish bozorida yangi tarixiy marra zabt etildi. Mashhur xalqaro brend KFC 2025 yil yakunlariga ko'ra 1 trillion so'mlik daromad ko'rsatkichiga erishdi. Bu mamlakatimiz restoran biznesi tarixida kuzatilgan ilk holat bo'lib, tarmoqning jadal rivojlanayotganini ko'rsatadi.

Tahlillarga ko'ra, bozordagi boshqa yirik raqobatchilarning daromadi 3,1 foizga qisqargan bir pallada, KFC o'z ko'rsatkichlarini 36 foizga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Bu raqamlar kompaniyaning mijozlar orasidagi ommabopligi va samarali boshqaruv strategiyasidan dalolat beradi.

Yana bir e'tiborga molik jihat shundaki, O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan har bir KFC restorani dunyo miqyosida eng yuqori tushum keltiruvchi shoxobchalar qatoriga kiradi. Bu esa mahalliy bozorning xalqaro brendlar uchun qanchalik istiqbolli ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Kelgusida mahalliy brendlarimiz ham xuddi shunday yuksak natijalarni qayd etib, xalqaro darajaga chiqishini kutib qolamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » KFC O'zbekiston bozorida tarixiy natijani qayd etdi