date

O‘zbekistonga poyabzal importi sezilarli ravishda kamaydi

O‘zbekistonga poyabzal importi sezilarli ravishda kamaydi

2026-yil yanvar–fevral oylari davomida O‘zbekistonga xorijdan olib kirilgan poyabzal hajmi pasaygani qayd etildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda jami 28 ta davlatdan 115 mingdan ortiq juft poyabzal import qilingan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 1,7 million AQSH dollarini tashkil etgan. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha kamaygani ta’kidlanmoqda. Xususan, import hajmi qariyb 19,5 ming juftga yoki 14,5 foizga qisqargan.

Tahlillarga ko‘ra, poyabzal importida Xitoy yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ushbu davlatdan 94,6 ming juft mahsulot olib kirilgan bo‘lib, umumiy hajmda asosiy ulushni tashkil etgan.

Shuningdek, Vetnam va Turkiya ham asosiy yetkazib beruvchilar qatoriga kirgan. Vetnamdan 5,2 ming juft, Turkiyadan esa 3,4 ming juft poyabzal import qilingani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Hindistondan 2,5 ming juft va Indoneziyadan 2 ming juft poyabzal keltirilgan. Qolgan qismi esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga poyabzal importi sezilarli ravishda kamaydi