O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi daromadlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar bosqichma-bosqich 7 foizga indeksatsiya qilinadi.
Bu haqda Prezidentning 2026 yil 23 iyunda qabul qilingan PF-115-sonli farmonida belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, pensiya va nafaqalar 2026 yil 1 iyuldan, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar stipendiyalari esa 1 sentyabrdan oshiriladi.
1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshadi
2026 yil 1 iyuldan boshlab barcha turdagi pensiya va nafaqalar 7 foizga indeksatsiya qilinadi.
Shundan so‘ng pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi.
Yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, minimal nogironlik pensiyasi esa 1 million 83 ming so‘mga yetkaziladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 450 ming so‘mni tashkil etadi.
Bolalar nafaqasi esa oiladagi bolalar soni va toifasiga qarab 295 ming so‘mdan 386 ming so‘mgacha belgilanadi. Ikkinchi va undan keyingi bolalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar ham saqlab qolinadi.
1 sentyabrdan maosh va stipendiyalar ko‘tariladi
2026 yil 1 sentyabrdan budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarning ish haqi va talabalar stipendiyalari 7 foizga oshiriladi.
Shu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 million 360 ming so‘m etib belgilanadi.
Bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘mga yetkaziladi.
Yangi miqdorlar kuchga kirgach, BHMga bog‘liq ayrim to‘lovlar, jarimalar, davlat bojlari va xizmatlar qiymati ham qayta hisoblanishi mumkin.
Qabul qilingan farmon aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, daromadlarni inflyatsiya ta’siridan himoya qilish va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.




























Izohlar 0
…