Yosh tadbirkorlarga 300 million so‘mgacha foizsiz mablag‘ ajratiladi

Yosh tadbirkorlarga 300 million so‘mgacha foizsiz mablag‘ ajratiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi choralar joriy etiladi. Bu tashabbuslar Prezidentning yoshlar bilan muloqoti davomida ma’lum qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan korxonalarda ushbu mutaxassislar uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari bir yil muddatga 1 foizga tushiriladi.

Shuningdek, «Kafolatlangan birinchi qadam» dasturi yo‘lga qo‘yiladi. U yetim yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ushbu toifadagi yoshlarni oliy ta’lim muassasasiga kirishga tayyorlagan va ularga ustozlik qilgan talabalarga ham qo‘shimcha imkoniyatlar beriladi. Jumladan, magistraturaga qabul jarayonida va stipendiya tayinlashda ularga bonuslar berilishi ko‘zda tutilgan.

«Yoshlar mini-franshizasi» dasturi doirasida mahalliy franshiza sotib olgan yosh tadbirkorlar 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda olishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu dastur va tashabbuslarni amalga oshirish uchun jami 500 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar