Arzon dori va’dasi : javobgardan salkam 63,5 mln. so‘mlik jarima undirildi

Arzon narxda dori-darmon mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib, katta miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan tayinlangan jarima to‘liq undirildi.
Aniqlanishicha, qarzdor B.A. jabrlanuvchi A.X.ning ishonchiga kirib, xorijdan arzon narxda dori-darmon mahsulotlarini yetkazib berishini ma’lum qilgan. Shu yo‘l bilan u jabrlanuvchidan 46 000 AQSH dollarini olib, firibgarlik sodir etgan.
Jinoyat ishi ko‘rib chiqilishi jarayonida yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan. Shu bilan birga, sud tomonidan B.A.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 210,5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirildi. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida sud tayinlagan salkam 63,5 million so‘mlik jarima mablag‘i to‘liq davlat foydasiga undirildi.
Shundan so‘ng ijro hujjati belgilangan tartibda amalda tamomlandi.
Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun nafaqat yetkazilgan zararni qoplash, balki sud tayinlagan jazolarni ham o‘z vaqtida va to‘liq ijro etish qonunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.































Izohlar 0
…