O‘zbekistonning JCH-2026 turizm kampaniyasi 1 milliarddan ortiq ko‘rildi

Turizm qo‘mitasi futbol bo‘yicha JCH-2026 doirasida O‘zbekiston brendini targ‘ib qilish kampaniyasi natijalarini e’lon qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, kampaniya materiallari jami 1,07 milliarddan ortiq ko‘rilgan. O‘zbekiston haqidagi axborotlar 3 mingdan ziyod xalqaro ommaviy axborot vositalarida, jumladan BBC, The Guardian va Fox News kabi nashrlarda yoritilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bilan bog‘liq materiallar 52 milliondan ortiq o‘zaro ta’sir qayd etgan. Bunga layk, izoh, ulashish va boshqa faolliklar kiritilgan.
Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, “Uzbekistan” so‘rovi bo‘yicha qidiruvlar 40 foizga oshgan. Jahon chempionati va O‘zbekistonga bog‘liq maxsus so‘rovlar esa 450 foizga ko‘paygan.
Targ‘ibot ishlari doirasida Atlanta aeroportida O‘zbekiston milliy paviloni ishga tushirilgan. Shuningdek, o‘yinlar o‘tkazilgan shaharlarda fan-zonalar tashkil etilgan.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining natijalari bilan mamlakatga bo‘lgan sayyohlik qiziqishi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik kuzatilgan. Qidiruvlar eng ko‘p Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlar paytida oshgan.































Izohlar 0
…