O‘zbekistonda ommaviy soliq keshbegi bekor qilinishi mumkin

1 daqiqa o'qish143
O‘zbekistonda ommaviy soliq keshbegi bekor qilinishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda xarid cheklari uchun taqdim etiladigan 1 foizli soliq keshbegini bekor qilib, uning o‘rniga manzilli qo‘llab-quvvatlash choralariga o‘tish taklif etilmoqda.
  • Mutaxassislar fikricha, mazkur mexanizm hozirgi bosqichda budjet uchun katta xarajatga aylanib, 2026 yilga borib keshbek to‘lovlari uchun sarflanadigan mablag‘ 1,8 trln so‘mga yetishi mumkin.

O‘zbekistonda xarid cheklari uchun beriladigan 1 foizli soliq keshbegini bekor qilish taklif etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi institut ommaviy to‘lovlar o‘rniga manzilli qo‘llab-quvvatlash choralariga o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.

Mutaxassislar fikricha, keshbek mexanizmi fuqarolarni xarid cheki talab qilishga o‘rgatdi. Biroq hozirgi bosqichda u budjet uchun katta xarajatga aylanmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilga borib keshbek to‘lovlari uchun sarflanadigan mablag‘ 1,8 trln so‘mga yetishi mumkin. Bu maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi uchun ajratiladigan budjetdan ikki baravar ko‘p ekani aytilmoqda.

Taklif mualliflari amaldagi tizim samaradorligi pasayganini ham ta’kidlamoqda. Chunki budjet mablag‘lari yirik savdo tarmoqlaridagi xaridlar uchun ham to‘lanyapti. Bu tarmoqlar esa allaqachon qonuniy va ochiq ishlaydi.

Yana bir muammo, cheklarni haqiqiy savdosiz rasmiylashtirish holatlari bilan bog‘liq. Ayrim shaxslar keshbek olish uchun amalda mahsulot sotilmagan bo‘lsa ham chek chiqargani aniqlangan.

Onlayn nazorat-kassa mashinalari va tovarlarni markirovkalash tizimi kengaygani sabab soliq nazorati uchun ommaviy keshbekka ehtiyoj kamaygani aytilmoqda.

Shu bilan birga, islohot ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar uchun QQSni qaytarish tartibiga ta’sir qilmaydi. Bu mexanizm ijtimoiy yordam maqsadida ishlaydi va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Keshbek o‘rniga umumiy ovqatlanish va kichik chakana savdo kabi xavf yuqori bo‘lgan sohalarda davlat lotereyalarini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu budjet xarajatlarini taxminan 20 baravar kamaytirib, yiliga 100 mlrd so‘m atrofida ushlab turishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?