Jarima maydonchasidan avtomobilni olish tartibi keskin o‘zgaradi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish192
Jarima maydonchasidan avtomobilni olish tartibi keskin o‘zgaradi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda 2026 yil 1 avgustdan boshlab jarima maydonchasidan transport vositalarini chiqarish uchun ruxsatnoma faqat QR kod orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
  • Hukumatning 6 iyul kuni kuchga kirgan 358-sonli qaroriga muvofiq, bu jarayon to'liq raqamlashtiriladi va ma'muriy ishni ko'rib chiquvchi hamda ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda jarima maydonchasiga olib ketilgan transport vositalarini qaytarish tartibi yangilanmoqda. Endi avtomobilni chiqarish uchun ruxsatnoma faqat QR kod orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Hukumatning 6 iyul kuni kuchga kirgan 358-sonli qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 avgustdan boshlab jarima maydonchasidan transport vositasini olib chiqishga ruxsat berish jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi. Yangi tartibga ko‘ra, ruxsatnoma ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi hamda ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali QR kod bilan tasdiqlanib, elektron ko‘rinishda yuboriladi.

Qaror doirasida Ichki ishlar vazirligi Soliq qo‘mitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda mazkur axborot tizimini davlat axborot platformalari bilan integratsiya qiladi. Bu orqali jarima maydonchalarida saqlanayotgan avtomobillar, ular uchun undirilgan to‘lovlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq tizimiga uzatiladi.

Yangi qoidalarga muvofiq, ushlangan transport vositalari hisobini elektron tizim orqali yuritmagan yoki ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ma’lumotlarni kiritmagan yuridik shaxslarga BHMning 20 baravari miqdorida jarima qo‘llanadi. Bunday qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima maydonchasini boshqarish bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinishi mumkin.

Shuningdek, transport vositasini ushlab turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilmasdan turib uni chiqarib yuborish yoki undan noqonuniy foydalanish ham qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qarorda yana bir muhim yangilik ham nazarda tutilgan. Soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bozorlar hamda avtoturargohlarda to‘lovlarni yagona QR kod orqali amalga oshirish imkoniyatini joriy etadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur o‘zgarishlar inson omilini kamaytirish, hujjat aylanmasini soddalashtirish va jarima maydonchalari faoliyatida shaffoflikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?