P2P.org Sui va Hyperliquid uchun real vaqt rejimida maʼlumotlar oqimini yoʻlga qoʻydi

2018-yildan buyon 40 dan ortiq proof-of-stake tarmoqlarida validatorlarni boshqarib kelayotgan P2P.org blokcheyn infratuzilma provayderi Sui va Hyperliquid uchun Syncro Data Stream xizmatini ishga tushirganini eʼlon qildi. Ushbu mahsulot on-cheyn tranzaksiyalari va buyurtmalar oqimi haqidagi maʼlumotlarni bevosita P2P.org validator tugunlaridan, ochiq RPC infratuzilmasi yoki nazorat nuqtalarini chetlab oʻtgan holda yetkazib beradi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Syncro Data Stream xizmati P2P.org kompaniyasining kripto savdo infratuzilmasiga ixtisoslashgan Syncro mahsulotlar liniyasining bir qismidir. Sui va Hyperliquid tarmoqlari uchun maʼlumotlar oqimi har bir tarmoq uchun oyiga 2,000 USD miqdorida baholanmoqda. Yangi mijozlar uchun integratsiya va maʼlumotlar sifatini tekshirish maqsadida bir haftalik bepul sinov muddati taqdim etiladi.
Sui va Hyperliquid kabi yuqori tezlikdagi tarmoqlarda faoliyat yurituvchi treyderlar va market-meykerlar uchun maʼlumotlar kechikishi (latency) savdo samaradorligiga bevosita taʼsir qiladi. Ochiq API va umumiy RPC nuqtalari maʼlumotlarni faqat ular tarmoq boʻylab tarqalgandan keyin yetkazadi. P2P.org yechimi esa bu masofani bitta validator-mijoz bosqichigacha qisqartirib, maʼlumotlarni ommaviy infratuzilmaga yetib bormasidan oldin taqdim etadi.
Syncro liniyasi joriy yil boshida Solana tarmogʻida tranzaksiyalarni amalga oshirish xizmati — Syncro Sender bilan debyut qilgan edi. Endilikda Sui va Hyperliquid uchun Syncro Data Stream mahsulotlarining qoʻshilishi institutsional hamkorlar uchun kripto bozorida tezkor qarorlar qabul qilish va likvidlikni samarali boshqarish imkonini kengaytiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!