O‘zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirishga jalb qilinuvchi xorijiy investisiyalar hajmi 1 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarorida (PDF) so‘z boradi.
Hujjat bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda 18 ta gidroelektr stansiyasini qurish va mavjud 14 tasini modernizasiya qilish belgilangan. Bu maqsadlarga umumiy 2,65 mlrd dollar yo‘naltiriladi, deb yozadi Gazeta.uz sayti.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, dasturning amalga oshirilishi 2026 yilga borib O‘zbekistonda GESlar quvvatining 1,7 barobarga — 3,038 MVt ga, elektr toki ishlab chiqishdagi gidroenergetika ulushi esa 12,7 foizdan 15,8 foizga ortadi.
Dasturlar O‘zbekistonning 1,64 mlrd dollarlik mablag‘lari hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlarining 1,009 mlrd dollarlik kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xususan, dasturlar doirasida Xitoy Eksimbankining 572,8 mln dollar, Islom taraqqiyot bankining 181,1 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar bankining 77,3 mln dollar, Osiyo taraqqiyot bankining 98,4 mln dollarlik kreditlarini jalb qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin