13:14 / 04.07.2017
5 217

“O‘zagroeksportbank”ka lisenziya berildi

“O‘zagroeksportbank”ka lisenziya berildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankiga (Toshkent sh, Amir Temur ko‘chasi, 79A uy) bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berildi. Bu haqda MB saytida xabar qilindi.

Yangi bankning ustav kapitali 10 mln.evro ekvivalentida shakllantirildi. Banking asosiy aksiyadorlari – O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (75%), “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (10%), “O‘zagrosug‘urta” AJ (5%), “Kafolat SK” AJ (5%) va “O‘zbekinvestxolding” XK (5%) dir.

“O‘zagroeksportbank” ATB o‘zining ustivor yo‘nalishini mamlakatimizning agrosanoat sohasini, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish, uning zarur infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investisiya loyihalarini moliyalashtirish va eksport salohiyatini oshirish, mijozlarga agrosanoat, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy banklar, moliyaviy institutlar, diplomatik va savdo vakolatxonalari bilan hamkorlikda xalqaro bozorlarga olib chiqish borasida strategik dasturlar ishlab chiqishga qaratadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “O‘zagroeksportbank”ka lisenziya berildi