Facebook kompaniyasining aksiyalari uning asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqning yangiliklar tasmasida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qilgandan keyin 4,5 foizga arzonlashdi. Bundan Nasdaq birjasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Sukerbergga kompaniyaning 14 foiz aksiyasi tegishli bo‘lib, aksiyalar arzonlashishi tadbirkor boyligining 3,2 mlrd dollarga kamayishiga olib keldi. Hozir uning boyligi 74 mlrd dollarga baholanmoqda.
Avvalroq Sukerberg rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar shaxslararo muloqotni mustahkamlashga va ommaviy foydalanuvchilar kontenti kamayishiga qaratilganini ma’lum qilgandi.
Sukerbergning aytishicha, kompaniyalar, brendlar va OAV xabarlari soni kamayadi, ularning mazmuni odamlar o‘rtasida muhim aloqalar o‘rnatilishiga ko‘mak berishi kerak.
“Bu o‘zgarishlarini kiritib, men odamlar Facebook’da kamroq vaqt o‘tkazishlariga, ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun sabablar kamayishiga umid qilmoqdaman, Biroq men siz Facebook’da o‘tkazadigan vaqt foydaliroq va qimmatliroq bo‘lishini mo‘ljallamoqdaman”, deb aytgan Sukerberg. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi