23:45 / 28.02.2018
5 347

Tojikiston endi O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd. KVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi

Tojikiston endi O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd. KVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi
Dushanbe va Toshkent O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Unga ko‘ra Tojikiston joriy yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda “ Sputnik” nashri xabar berdi.

Kelishuvga muvofiq, Tojikiston elektr energiyasining qo‘shni mamlakatga eksport qilinadigan umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd. KVt/soatni tashkil etadi. O‘zbekiston yoz mavsumida bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki sent, qishda esa 2,5 sentdan to‘laydi.

“Tojikiston qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan paytda boshlashi mumkin, ammo O‘zbekiston janubini Tojikiston bilan bog‘laydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklash va Tursunzoda shahridagi releli himoya va avtomatika loyihasini amalga oshirish ishlari hozircha nihoyasiga yetmadi. Bu yo‘nalishdagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tojikiston endi O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd. KVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi