
Foto: Huquqiy axborot kanali
Oʻzbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha faoliyatga qimmatli qogʻozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston hududida shoʻba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.
Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga nisbatan valyutani tartibga solish haqidagi qonunchilikning normalari tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.
Shuningdek, kripto-birjalar koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega boʻlishi belgilandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar