
Qozogʻiston rahbariyati qoʻshni davlatlarga benzinning ortiqcha qismini joʻnatishni rejalashtirmoqda, deya yozadi “Kun.uz”.
“Oktyabr-noyabr oylarida yonilgʻi-moylash materiallarini eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda Qozogʻistonda avval hech qachon boʻlmagan toʻxtashlarni amalga oshirish talab etiladi (zavodlardagi maxsus qurilmalar). Bugungi kunda ikkita modernizatsiya qilingan zavod bizga benzin profitsitini berdi. Agarda bu 500 ming tonna boʻlsa, mamlakat bozori mahsulotga toʻlib ketadi”, - deya maʼlum qildi Qozogʻiston energetika vaziri Kanat Bozumbayev.
Uning soʻzlariga koʻra, benzinning haddan tashqari koʻpayib ketishi Qozogʻiston yoqilgʻi quyish shoxobchalarida narxning oʻrtacha 10 tengega pasayishiga olib keldi. Ayni paytda rasmiylar yoqilgʻi-moylash materiallarini Rossiya, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonga sotish boʻyicha kelishuvlarni imzolamoqdalar.
Shu bilan birga, Qozogʻiston shartnomalarda nazarda tutilganidan ortiq benzinni sotmaydi va ichki bozor har doim ustuvor boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar