2024 yilga borib dollar taxminan 40 foizga pasayishi kutilmoqda. A.G. Bisset Associates LLC bosh ijrochi direktori Ulf Lindal shunday bayonot bilan chiqdi, deya xabar beradi Bloomberg'ga tayanib Kun.uz.
Lindalning so‘zlariga ko‘ra, 1970-yillardan dollar 15 yillik pasayish va o‘sish davrini takrorlamoqda. Ushbu sxema bu safar ham takrorlanadi. U 2024 yilga borib Amerika valyutasi bir yevro uchun 2 dollargacha, 75 iyen uchun 1 dollargacha pasayib ketishini taxmin qilmoqda, bunda sentyabrdan taxminan 41 va 33 foizlik yo‘qotish qayd etiladi. Bu 2022 yilga borib bir yevro 1,28 dollar bo‘lishini taxmin qilayotgan Bloomberg tahlilchilarining prognozlaridan ancha farq qiladi.
Dollarning o‘tgan yilgi 9 foizlik pasayishi va Bridgewater Associates'dagi Rey Dalioning sentyabr oyidagi kursning keskin pasayishiga oid prognozi Lindalning hisob-kitoblarini tasdiqlamoqda.
Kursning pasayishi aksiyalarning sotilishiga va xomashyo tovarlari narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Lindal. Bozorning ko‘p ishtirokchilari dollar kursi o‘zgarishining mantiqini tushuna olmasligi amerikalik bo‘lmagan sarmoyachilar uchun "45 yil ichida eng xavfli investitsion iqlim"ni yuzaga keltiradi, zero ular valyutalar kursining tebralishidan yetarlicha himoyalanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?