Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi doirasida o‘tkazilgannavbatdagi sessiya ana shunday nomlandi.
Ma’lumki, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida o‘ziga salohiyatga ega mamlakatlardan biri sanaladi. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta xomashyosi jahon bozorida o‘zining sifati va xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Rossiyadagi bir qator tekstil korxonalari O‘zbekiston bilan bu borada hamkorlik qilishni ma’qul qo‘rishadi.
Sessiyada ishtirok etgan yirik tashkilot va kompaniyalarning mutasaddilari to‘qimachilikni rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish, yangi innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, eksport-import munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha fikr almashdilar.
– Bugun O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yetarlicha imkoniyatlarga egamiz, - dedi “O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov. – Ayni paytda hukumatimiz tomonidan tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Shu ma’noda rossiyalik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash ikki taraf uchun ham manfaatlidir.
– Bizning kompaniyamiz turli xildagi tekstil mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga yetkazib beradi, - deydi Rossiyaning Ivanovo viloyatidagi “TDL tekstil” MChJ direktorlar kengashi raisi Mixail Shmelev. – Viloyatimizda to‘qimachilik sanoati juda yaxshi rivojlangan. Ayni paytda ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uyushmasini ham boshqaraman. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida kattamiqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirganmiz. O‘ylaymanki, mamlakatingizda investorlar uchun yaratilgan qulay muhit hamkorligimizni rivojlantirishga yo‘l ochadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi