14:45 / 29.10.2018
4 118

Endi tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi

Endi tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi
Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek aylanma mablag‘larni to‘ldirishga beriladi.

Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xo‘jaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi. Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Endi tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi