O‘zbekiston Moliya vazirligi 2019 yil uchun byudjet loyihasi va yaqin uch yil uchun makroiqtisodiy prognozlardan parchalar e’lon qildi. Mamlakatning bosh moliyaviy hujjati ijtimoiy yo‘naltirilgan va defitsitli (chiqimni qoplamaydigan) bo‘lib chiqdi — xarajatlar kelasi yilda daromadlardan qariyb 4,5 trillion so‘mga ko‘proq bo‘ladi, deb yozadi Sputnik ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz.
Ammo G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dotsenti Mariya Yermilovaning fikricha, O‘zbekiston bundan hecham xavfsiramasligi kerak.
«Respublikada bu boradagi holat dunyoning boshqa ko‘plab rivojlangan iqtisodiyotlaridan ko‘ra ancha yaxshiroq. Rossiyada, masalan, byudjet tanqisligi 2,2 foizga teng, O‘zbekistonda esa — bor-yo‘g‘i yarim foiz. Bu umuman ahamiyatsiz», — deb hisoblaydi ekspert.
Manfiy balansni soliq yuklamasini oshirish yoki oltin-valyuta zaxirasini sarflash yo‘li bilan emas, mo‘’tadil xorijiy qarzlar hisobidan qoplash maqsadga muvofiqdir, deb hisoblaydi iqtisodchi. Birinchi usul daromadlari kichik sur’atlar bilan o‘sayotgan aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi usul qimmatbaho metallar narxining pastligi tufayli o‘z samarasini yo‘qotgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi